У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston termasining Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar ro‘yxati ma’lum, unda Hasanboy Do‘stmatov ham bor

calendar 18.07.2018
949

Joriy yilning 18-avgust kuni Indoneziyada Osiyo o‘yinlari boshlanadi. Jakartada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan bokschilar nomi aniq bo‘ldi, deb xabar beradi “Olamsport”.

Boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

  • -49 kg: Hasanboy Do‘smatov

  • -52 kg: Jasurbek Latipov

  • -56 kg: Miraziz Mirzahalilov

  • -60 kg: Shunqor Abdurasulov

  • -64 kg: Iqboljon Xoldorov

  • -69 kg: Mahmud G‘oipov

  • -75 kg: Isroil Madrimov

Ma’lumot uchun bu yilgi o‘yinlar uchun vaznlar toifalari qisqartirilgan. -81kg, -91kg va +91 kg vazn toifalarida janglar o‘tkazilmaydi.

Яндекс.Метрика