У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston va Xitoy tarixiy melodrama suratga oladi

calendar 25.10.2017
994

O‘zbekiston va Xitoy yaqin vaqt ichida kostyumlashtirilgan tarixiy melodramaning syomka jarayonlarini boshlab yuborishni rejalashtirmoqda. Kartina Buyuk ipak yo‘liga bag‘ishlanadi, deb xabar beradi “Kommersant.uz”.

“O‘zbekkino” agentligiga ko‘ra, yaqin vaqt ichida tomonlar kartina ssenariysini kelishib, aktyorlar tanlashga kirishadi.

“Kartina koprodakshn shartlarida ishlab chiqariladi. Rejada bugungi kunda mashhur uslubda tarixiy melodrama suratga olish, unda bir oilaning hayot chizig‘i turli tarixiy davrlardan o‘tkaziladi. Bizning holatda Buyuk ipak yo‘lidagi tarixiy peripetiyalar tasvirlanadi. Albatta, film markazida sevgi turadi”, — dedi agentlik vakili.

Film syomkasi Xitoyning “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusi doirasida amalga oshiriladi. Ikki mamlakatning yetakchi aktyorlari loyihaga jalb etiladi. Film premyerasi bir paytning o‘zida Xitoy va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi.

Яндекс.Метрика