У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi oilaviy ajrimning 10 ta sababini ko‘rsatdi

calendar 02.08.2018
1839

Joriy yilning olti oyida qayd etilgan oilaviy ajrimlar soni 16 ming 449 tani tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 871 taga ko‘p demakdir. Shu bois ham O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan oilaviy ajrimlarning sabablari o‘rganildi, deb yozadi O‘zA.

Ajrimlarga eng ko‘p sabab bo‘layotgan omillar quyidagilar:

1. Uy-joy masalasi;

2. Ishsizlik;

3. Moddiy yetishmovchilik;

4. Yoshlarning mustaqil hayotga tayyor bo‘lmasdan oila qurishi;

5. Er yoki xotinning ishlash uchun boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;

6. Oilada ma’naviy-axloqiy muhitning yomonligi;

7. Oilaga tashqaridan boshqa shaxslarning aralashuvi;

8. Qaynona-kelin munosabatlari;

9. Oila qurishdan oldin kelin-kuyovning oilaviy sharoiti, xizmat vazifasining xususiyatlari (masalan, harbiylarning) haqida ma’lumoti yo‘qligi;

10. Oilaviy qadriyatlarga bepisandlik.

Яндекс.Метрика