У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston zargarlari 2022-yilgacha soliqlar va boshqa to‘lovlardan ozod qilindi

calendar 04.03.2018
678

O‘zbekiston Prezidenti zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.

Qarorga muvofiq, “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar va uyushma faoliyatida erkin ravishda qatnashayotgan xususiy tadbirkorlar o‘zlari tomonidan ishlab chiqilgan zargarlik mahsulotlarini realizatsiya qilish bo‘yicha 2022-yil 1-yanvarga qadar aksiz, qo‘shimcha qiymat, mulk, yer solig‘i va davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar ajratishdan ozod qilindi.

2017-yil 15-noyabrdagi Prezident qarori bilan xususiy tadbirkorlarga ham erkin ravishda yagona tashkilotga birlashish yo‘li orqali “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi faoliyatida qatnashish imkoniyati berilgan edi.

Яндекс.Метрика