У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 15-maydan gaz va elektr energiyasi to‘lovi qimmatlashadi

calendar 05.05.2015
3438


15-maydan O‘zbekiston aholisi va ulgurji iste’molchilarga beriladigan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yangi tariflar joriy qilinmoqda, deb yozadi "Gazeta.uz”.

Yangi preyskurantga ko‘ra, aholiga beriladigan tabiiy gazning 1 kubometri hisoblagich bo‘lgan holda 181,62 so‘mdan 194,7 so‘mga yoki 7,2 foizga oshiriladi. Hisoblagich bo‘lmagan holda ovqat pishirish va issiq suv ta’minoti uchun ishlatiladigan gazning 10 kubometri 3367,05 so‘mni tashkil qiladi (joriy tarif — 3140,85 so‘m). Isitish uchun foydalaniladigan gazning 10 kubometri 1456,6 so‘mdan 1561,5 so‘mga oshadi.

Aholiga beriladigan 1 kVt/s elektr energiyasi haqi 144,3 so‘mdan 155 so‘mgacha, elektr plitasi bilan ta’minlangan xonadonlar uchun 72,15 so‘mdan 77,5 so‘mgacha oshishi belgilangan (o‘sish — 7,4%).

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 15-maydan sovuq suv ta’minoti xizmati uchun ham yangilangan tariflar joriy etiladi.


Яндекс.Метрика