У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 18—20-dekabr kunlari qor yog‘ishi kutilmoqda

calendar 16.12.2015
1963

O‘zbekistonda 18—20-dekabr kunlari yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda, “O‘zgidromet” ma’lumotlariga asoslanib, UZ24 xabar bermoqda.

Havo harorati kunduzi va kechasi mamlakat bo‘ylab 0…+5 darajagacha tushishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo harorati kechasi -3…+2 daraja, 18-dekabr kuni kunduzi +3…+8 daraja, 19—21-dekabr kunlari 0…+5 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida ham qor yog‘ishi kutilmoqda. 18—19-dekabr kunlari kechasi havo harorati -7…-2 darajagacha, 20—21-dekabr kunlari -12…-7 darajagacha, kunduzi -5…0 darajagacha sovishi kutilmoqda.

Яндекс.Метрика