У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 18-aprel Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilanadi

calendar 07.03.2018
680

6-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Bu haqda Qonunchilik palatasi rasmiy saytida xabar berildi.

 

Ta’kidlanganidek, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishi natijasida uy-joy kommunal xizmatlar ko‘rsatish, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish, shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini oshirish bo‘yicha samarali va sifatli yangi tizim shakllantirildi.

Ayni paytda respublikada uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida 157 ming nafardan ortiq xodim va xizmatchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sadoqat bilan bajarilgan mehnatni rag‘batlantirish maqsadida, qonun loyihasida Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilgan kun – 18-aprelni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilash taklif etilmoqda.

Яндекс.Метрика