У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab plastik kartadan dollar yechib olish mumkin bo‘ladi

calendar 09.03.2018
1220

Internet tarmog‘ida 2018-yilning 1-aprelidan boshlab O‘zbekiston hududida xorijiy valyutalarni naqd ko‘rinishda yechib olishni ta’minlovchi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi, deb xabar berdi“Xalq so‘zi”.

Hujjatga ko‘ra 1-apreldan boshlab xalqaro to‘lov kartaga ega jismoniy shaxslar, tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan cheklov doirasida chet el valyutasini naqd ko‘rinishda yechib olishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari Markaziy bank tomonidan 1-aprelga qadar jismoniy shaxslarga tegishli hisob raqamlaridagi xorijiy valyutani masofaviy boshqarish tizimini ham yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

2018-yilning 1-mayiga qadar esa banklar o‘rtasida mahalliy va xalqaro bank kartalari bo‘yicha axborot-texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutuvchi Milliy bank ishlov berish markazini tashkil qilish bo‘yicha konsepsiyani ishlab chiqilishi kutilmoqda.

Joriy yilning 1-iyuligacha norezidentlarning to‘lov kartalarini qabul qilishni ta’minlovchi to‘lov terminallari asosiy xalqaro to‘lov tizimlari bilan integrallashtiriladi.

Avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shoxobchalari 2018-yilning 1-noyabriga qadar kuniga 24 soatli tartibda ishlashi ta’minlanishi lozim.

Яндекс.Метрика