У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 1-oktabrdan eng kam ish haqi 1,15 baravar oshiriladi

calendar 22.08.2016
2207

Farmonga muvofiq, respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida 2016-yilning 1-oktabridan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,15 baravar oshiriladi.

Farmonga ko‘ra, 2016-yilning 1-oktabridan O‘zbekiston hududida eng kam:

  • ish haqi — oyiga 149 775 so‘m;
  • yoshga doir pensiyalar — oyiga 292 940 so‘m;
  • bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa — oyiga 292 940 so‘m;
  • zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 179 755 so‘m miqdorida belgilanadi.

Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika Davlat budjeti va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Xo‘jalik hisobidagi korxona va tashkilotlar esa 1-oktabridan boshlab Prezident farmonida belgilangan eng kam ish haqiga muvofiq, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mehnat sarfini kamaytirish hisobiga ish haqi miqdorini oshirishi kerak.

Яндекс.Метрика