У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 200 metrlik osmono‘par bino barpo etiladi

calendar 26.07.2018
2018

Tashkent City Xalqaro Ishbilarmonlik Markazi o‘zida milliy kolorit va zamonaviy innovatsion g‘oyalarni mujassamlashtirgan me’moriy majmuadir. Markaz qurilishi jarayonida energiyani tejovchi texnologiyalar va ekologik toza materiallardan foydalanilmoqda.

City – bu biznesni rivojlantirish, dam olish, iste’dodlarni rivojlantirish hududidir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, kelajakka intilayotgan Respublika poytaxti aynan shunday ko‘rinishda bo‘lishi kerak.

80 gektar maydonda mahalliy va xorijiy loyihachilar, muhandislar, me’morlar va dizaynerlar tomonidan o‘ylangan va loyihalashtirilgan yirik bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Murad Buildings kompaniyasi Tashkent City XIM ning maydoni 1.5 gektarlik 4-lot hududida 200 metrlik osmono‘par bino barpo etmoqda. Bu 45 qavatli binoda barcha qulayliklar muhayyo etilib, “A+” biznes markaz, besh yulduzli Ritz Carlton mehmonxona, premium-klassga ega bo‘lgan appartamentlar va jahonga mashhur bo‘lgan butiklar o‘rin oladi.

Eng baland qavatda joylashgan restorandan shahar manzaralarini kuzatish mumkin bo‘ladi. Quyi qavatlarda esa SPA salon, fitnes-klub, restoran, avtoturargoh va boshqa qulayliklar yaratiladi.

Shunisi e’tiborga molikki, 4-lot binosi O‘zbekistondagi eng baland turar joy binosi bo‘lishi kutilmoqda.

Yaponiyaning yetakchi loyihaviy tashkiloti bo‘lmish Nihon Sekkei kompaniyasi mamlakatda birinchi marotaba qurilayotgan osmono‘par bino konstruksiyasi ustida ishlamoqda.

Sohada katta tajribaga ega bo‘lgan Fransiyaning BUREAU VERITAS kompaniyasi esa qurilish, xarajatlar, muddatlar, sifat nazorati, ekologiya, xavfsizlik va mehnat qonunchiligiga amal qilinishi bilan shug‘ullanadi.

Binoning tashqi ko‘rinishi va dizayni bilan esa xalqaro arxitektura byurosi DP Architects shug‘ullanmoqda. Byuroning dunyo bo‘ylab 17 ofisi mavjud bo‘lib, 77 mamlakatda ular yuzdan ortiq binolar barpo etishgan. Barcha chet ellik hamkorlar o‘z sohalarida yetakchi hisoblanib, dunyoga tanilgan kompaniyalardir.

Яндекс.Метрика