У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 2016-yil birinchi choragi oxiridan istalgan plastik kartadan boshqa kartaga pul o‘tkazish imkoni taqdim etilishi kutilmoqda

calendar 12.02.2016
1083

Fevral oyi oxiriga qadar O‘zbekistonning kamida 10 banki plastik kartadan boshqa plastik kartaga pul o‘tkazish imkonini beruvchi PayMe servisiga ulanadi. Bu haqda, Yagona umumrespublika protsessing markazi direktori o‘rinosari Farrux Ziyoyevga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

“Boshqa banklarni servisga ulash ishlari yakuniga yetganidan so‘ng, turli banklarning kartalari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi”, — dedi Farrux Ziyoyev. Hozirgi vaqtda banklar bilan muzokaralar olib borilmoqda (banklar nomi e’lon qilinmagan).

YaUPM vakilining so‘zlariga ko‘ra, plastik karta egalari 2016-yilning birinchi choragi oxiridan bir plastik kartadan boshqasiga pul o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi. “Bizda texnik tomondan hammasi tayyor”, — dedi Ziyoyev.

Яндекс.Метрика