У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 2016-yilda 500 km keng polosali optik-tolali tarmoqlar barpo etildi

calendar 03.05.2016
1005

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasini 2016-yilning birinchi choragida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini e’lon qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Joriy yil boshidan buyon 2013—2020-yillarda telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga ko‘ra, zamonaviy texnologiyalar asosida 500 kilometrdan ziyod keng polosali optik-tolali tarmoqlar barpo etildi va zaxiraga olindi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini modernizatsiya qilish va kengaytirish ishlari davom ettirildi.

Natijada davlat axborot resurslari soni 317 taga yetdi, davlat organlari axborot tizimlari 484 tadan oshdi, 270 turdagi interaktiv xizmatlar joriy etildi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga davlat va xo‘jalik boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyatining 990 organi, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ulangan. Shu yil boshidan buyon Yagona portal orqali 520 mingdan ziyod xizmat ko‘rsatilib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,8 martani tashkil qildi.

Яндекс.Метрика