У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 2017-yildan cho‘g‘lanma lampalarni sotuvga chiqarish to‘xtatiladi

calendar 23.10.2015
1951

O‘zbekistonda cho‘g‘lanma lampalarni sotuvga chiqarish to‘xtatiladi va tejamkor lampalarni ishlab chiqarish ko‘paytiriladi.

2016-yilning 1-iyulidan boshlab 40 vattdan yuqori quvvatli cho‘g‘lanma lampalarni erkin muomalaga chiqarish, 2017-yilning 1-yanvaridan esa ularni sotish taqiqlanadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 20-oktabrdagi qarorida ko‘zda tutildi.

Hujjatda texnologik qurilmalar, motorli transport vositalari, o‘quv, tibbiy va boshqa maxsus qurilmalarda cho‘g‘lanma lampalardan foydalanish majburiy talab qilinishi belgilab qo‘yilgan holatlarning istisno etilishi ko‘zda tutilgan.

Hukumat qarorida, shuningdek, tejamkor lampalar ishlab chiqarilishini kengaytirish belgilangan. 2015—2019-yillarda Vesta Electric va Plastic Modernity ("O‘zeltexsanoat” tarkibiga kiradi), EGL NUR ("Angren” maxsus industrial zonasida joylashgan), "Yorqin chiroqlar” ("Jizzax” maxsus industrial zonasida joylashgan) va boshqa korxonalarda 15,7 million (jumladan 6,6 million – joriy yilda) tejamkor lampa va yoritgichni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Яндекс.Метрика