У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 2020-yilgacha mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 27 millionga yetadi

calendar 10.03.2016
1492

O‘zbekiston hukumati 2020-yilga qadar mobil aloqa xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini 27 millionga yetkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi “InfoCom.uz”.

Hukumat 2016–2020-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturini tasdiqladi. Unga ko‘ra, yuqorida tilga olingan ko‘rsatkichga yangi bazaviy stansiyalar joriy qilish yo‘li bilan erishiladi. Xususan, 2020-yilga qadar UzMobile 3,68 ming, Ucell — 969, Beeline — 1226 bazaviy stansiyalarni foydalanishga topshiradi.

2020-yilgacha hukumat 10,3 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari o‘tkazish, jamoat joylari, mehmonxonalar, aeroportlar, vokzallar va sayyohlar tashrif buyuradigan boshqa joylarda Wi-Fi texnologiyalari joriy etishni rejalashtirmoqda.

Яндекс.Метрика