У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 7-dekabr dam olish kuni deb e’lon qilindi

calendar 21.11.2015
2195

Islom Karimov 2015-yil 5-dekabr, shanba dam olish kunini 2015-yil 7-dekabr, dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Qaror matnini O‘zA e’lon qildi.

Hujjat O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini nishonlash munosabati bilan hamda aholining dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va ish vaqtidan oqilona foydalanish maqsadida qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2015-yil 5-dekabr, shanba dam olish kuni 2015-yil 7-dekabr, dushanba kuniga ko‘chirildi, 2015-yil 5-dekabr, shanba kuni ish kuni deb e’lon qilindi.

Яндекс.Метрика