У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi

calendar 18.02.2018
1032

2017-yil oxiri holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda ro‘yxatda turgan giyohvand bemorlar soni 8036 kishini tashkil qildi, shularning 2 foizdan kamrog‘i — ayollar. Bu haqda “Gazeta.uz” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi mutaxassisi Andrey Mokiyga tayanib ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada giyohvand bemorlar qariyb 21 ming nafarni tashkil qilgan 2008-yildan buyon narkotik moddalar iste’molchilari soni 60 foizga kamaygan.

O‘tgan yili taxminan 800 kishi, statistikaga ko‘ra, narkotiklarni inyeksiya orqali iste’mol qilish amaliyotini qo‘llagan.

14 yoshgacha bo‘lgan shaxslarda giyohvandlik holatlari qayd etilmagan, ammo 15—20 yoshdagi shaxslar orasida 50 ta toksikomaniya holatlari aniqlangan, bu yelim va uchar erituvchilar (benzin, atseton) bug‘larini suiiste’mol qilishdir.

Giyohvandlarning eng ko‘p soni Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi, dedi markaz vakili barcha hududlarda pasayish dinamikasi ketayotganini ta’kidlar ekan.

2000-yildan buyon birinchi marta opiy guruhidagi preparatlar (opiy, geroin, ko‘knor) iste’moli kannabis (nasha, marixuana) guruhinikidan kamroq bo‘lgan.

Shuningdek, OITVga chalinganlar orasida giyohvandlar ulushi kamaygan. Yillik test natijalari ko‘rsatishicha, OITVga chalingan giyohvandlar ulushi kichik, infeksiyaning tarqalishi asosan jinsiy yo‘l bilan bo‘lmoqda.

2017-yilda narkotik vositalar dozasining oshib ketishi yoki ulardan zaharlanish tufayli o‘lim holatlari ro‘yxatga olinmagan. Narkotiklar iste’moli avj olgan 2001—2008-yillarda o‘limlar soni 100 tagacha yetgan.

Яндекс.Метрика