У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda 8-mart munosabati bilan bir guruh ayollar unvon va ordenlar bilan taqdirlandi

calendar 07.03.2018
893

Shavkat Mirziyoyev 7-mart kuni “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zAda keltirildi.

 

“Jamiyatimizda xotin-qizlarning o‘rni va nufuzini oshirish, ularning oilalarni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqimizning ko‘p asrlik boy ma’naviy merosini asrab-avaylash, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish va aholi farovonligini yuksaltirish borasidagi ulkan xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida yurtimizning ishlab chiqarish tarmoqlari, tadbirkorlik, ilm-fan, ta’lim-tarbiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at va boshqa sohalarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh ayollarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlansin”, — deyiladi hujjatda.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi”

Kasimaxunova Anarxan Mamasadikovna — Farg‘ona politexnika institutining “Elektr nergetikasi” kafedrasi professori, Farg‘ona viloyati;

Marufova Gulnora Maxmudovna — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari;

Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna — Andijon davlat universitetining “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi professori, Andijon viloyati;

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist”

Uteniyazova Altingul Paluanovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasi “Qoraqalpog‘iston” telekanalining katta muharriri;

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni

Raxmatullayeva Shafoatxon — Qo‘qon shahar musiqali drama teatri aktyori, Farg‘ona viloyati;

“Mehnat shuhrati” ordeni

Bobomurodova Xosiyat — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira;

Boymuradova Jumaxol Norboyevna — Zarbdor tumanidagi “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati;

Irisbekova Kammuna Narinbayevna — “Aloqabank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi;

Istamqulova Mafiratxon Mamajanovna — Namangan viloyati qirg‘iz milliy madaniy markazi raisi;

Qobulova Mavluda Umarjonovna — Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi raisi;

Maxmudova Dilbar Pirimkulovna — Erkin ijodkor, yozuvchi va publitsist;

Otajanova Masuda Yuldashevna — Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri solist-vokalisti;

Salimova Sharipa — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira;

Toxtayeva Guzal Kashibovna — O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasining Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari;

Tulegenova Akshagul Abuyevna — Konimex tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi, tuman qozoq milliy madaniy markazi raisi, Navoiy viloyati;

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni

Nadirxanova Natalya Suratovna — Buxoro viloyati perinatal markazi direktori;

Turdiyeva Matlyuba Xalimovna — Samarqand shahridagi 2-oilaviy poliklinika bosh shifokori, Samarqand viloyati;

“Do‘stlik” ordeni

Abdullayeva Sanam Raimovna — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi Markaziy kon boshqarmasining 2-gidrometallurgiya zavodi kran mashinisti, Navoiy viloyati;

Abduraximova Muxayyo Raxmatullayevna — Chimboy tumanidagi “Lanextrakt” qo‘shma korxonasining tashqi iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

Jumayeva Mavjuda Shodmonovna — Koson tumanidagi “Ko‘zmunchog‘im” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri, Qashqadaryo viloyati;

Zununova Saxabat Islamovna — “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘I;

Iplina Antonina Aleksandrovna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira;

Kadirxanova Malika Akbarovna — “Tadbirkor ayol” uyushmasining Toshkent viloyati bo‘limi raisi;

Kasimova Mukaddas Zaynutdinovna — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Alisher Navoiy nomli mahalla fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi raisi, Toshkent shahri;

Muxammadiyeva Xushvak — Paxtachi tumanidagi “Avangard” fermer xo‘jaligi pillachisi, Samarqand viloyati;

Sadullayeva Faraxat Aminovna — Urganch shahridagi “Urganch milliy tikuvchilik” oilaviy korxonasi rahbari, Xorazm viloyati;

Sattarova Farog‘at — “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘I;

Safarova Zamira Xaydarovna — G‘ijduvon tumanidagi “G‘ijduvon Mashhurasi” xususiy korxonasi rahbari, Buxoro viloyati;

Turdikulova Shaxloxon Utkurovna — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari;

Xatamova Risligoy Gofurjanovna — Erkin ijodkor, shoira;

Yuldasheva Muxabat Aysaraxunovna — Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Kapital bella” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati;

Yulchiyeva Gulnora Dexkanovna — “Mahalla ziyosi” Respublika o‘quv-uslubiy markazi direktorining o‘rinbosari;

“Shuhrat” medali

Azizova Maftuna Raxmatullo qizi — “Hunarmand” uyushmasining Boysun tumani bo‘limi a’zosi, gilamdo‘z, Surxondaryo viloyati;

Jalilova Mu’tabar Abidovna — Toshkent shahridagi “Muruvvat” nogiron bolalar uchun 2-internat uyi tarbiyachisi;

Jurabayeva Saxiba Ergashevna — “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish sexi sirlovchisi, Toshkent viloyati;

Kokotova Olga Nikolayevna — Guliston shahridagi “Quvonch” maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati;

Navruzova Lola Xushmurodovna — Qarshi shahridagi “Sanam” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tikuv sexi ustasi, Qashqadaryo viloyati;

Rajabova Sara Durdiyevna — Hazorasp tumanidagi “Shovot” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Xorazm viloyati.

Яндекс.Метрика