У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda anor va yong‘oqqa yangi standartlar joriy etildi

calendar 09.01.2017
1840

O‘zbekistonda anor va yong‘oqqa yangi standartlar joriy etildi. Bu haqda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifakatlashtirish agentligi (“O‘zstandart”) axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Agentlikning tegishli qarorlari bilan “Yangi uzilgan anor. Texnikaviy shartlar” va “Grek yong‘og‘i mag‘izi. Texnikaviy shartlar” davlatlararo standartlari tasdiqlandi hamda davlat ro‘yxatiga kiritildi. 

Yangi standartlar 2017 yil 1-yanvardan boshlab kuchga kirdi. 

Ro‘yxatga kiritilgan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarning to‘liq ro‘yxati bilan agentlik saytida joylashgan “Standartlarni amalga kiritish va bekor qilish qarorlari” sahifasida tanishish mumkin.

Яндекс.Метрика