У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda aprel oyida metan qimmatlashdi, propan narxi tushdi

calendar 01.05.2018
982

Metan narxi bir qator viloyatlarda qimmatlashdi hamda mamlakatning barcha hududlari kesimida propan narxi arzonlashdi, deb xabar beradi O‘zA.

Joriy yilning aprel oyi davomida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari nisbatan barqaror sur’atda o‘sganligi Davlat statistika qo‘mitasining 2018-yil aprel oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi haqidagi ma’lumotida qayd etildi.

Unga ko‘ra, nooziq-ovqat mahsulotlari o‘tgan oyga nisbatan biroz qimmatlashib, (oylik o‘rtacha 0,4 foiz) bu esa iste’mol narxlari indeksining umumiy o‘sishiga 0,2 foiz darajada ta’sir ko‘rsatdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlari bo‘yicha narxlarning o‘sishi sezilarli darajada qurilish materiallarida, maishiy to‘qimachilik mahsulotlari, oshxona jihozlari hamda avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlarida kuzatildi.

Joriy yilning aprel oyi davomida qurilish materiallari narxlari o‘sish sur’ati ancha pasaygan bo‘lsa-da, baribir noozik-ovqat mahsulotlari umumiy guruhining o‘rtacha narxlaridan yuqori darajada qimmatlashdi.

Narxlarning asosiy o‘sishi g‘isht (3,6 foiz), sement (2,5 foiz), bo‘yoqlar (1,6 foiz) gulqog‘oz (1,0 foiz) mahsulotlarida kuzatildi.

Avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlari indeksining oshishida metan narxining bir qator viloyatlar bo‘yicha qimmatlashganligi (respublika bo‘yicha o‘rtacha o‘sish darajasi 8,4 foizni tashkil etdi), shuningdek, mamlakatning barcha hududlari kesimida propan narxining o‘rtacha 18,7 foizga arzonlashganligi natijasida yuzaga keldi.

Kiyim-kechak va oyoq kiyim narxlarining ko‘tarilishi, mavsumiy o‘zgarishlar ta’siri natijasida sodir bo‘ldi: bahor-yoz mavsumiy kiyim-kechak hamda oyoq kiyim narxlari qimmatlashishi barobarida, qishki kiyimlar va oyoq kiyimlar narxlarining arzonlashishi kuzatildi.

Яндекс.Метрика