O‘zbekistonda arzon uy-joylar uchun dastlabki to‘lov summasi kamaytirildi

“2018-yilda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar va shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylar qurish dasturlarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot“ kanalida ma’lum qilingan.

Qarorga muvofiq arzon uy-joylarning dastlabki badali quyidagicha belgilandi:

1) qishloq joylarda:

0,02 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki, uch, to‘rt, besh qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) va 2, 3 xonali bir qavatli arzon uy-joylar uchun – 10 foiz miqdorida;

0,04 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan arzon uy-joylar va 0,06 ga o‘lchamli yer uchastkalarida joylashtiriladigan 3, 4 va 5 xonali arzon uy-joylar uchun – 25 foiz miqdorida;

2) shaharlarda dastlabki badalning tabaqalashtirilgan miqdorini amaliyotga joriy etgan holda o‘rtacha 15 foiz miqdorida.

Mazkur ipoteka kreditlari 2018-yil 1-iyuldan 2020-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda 20 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr hamda birinchi 5 yil mobaynida yillik 7 foiz stavkasi bilan va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida beriladi.

Eslatib o‘tamiz, arzon uy-joylar uchun dastlabki badal shu kunga qadar sotib olinadigan uy-joy qiymatining kamida 25 foizini tashkil etishi lozim edi.


Комментарии (0) | Добавить: 19.07.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Toshkentda ilk KFC restorani sentabrda ochiladi
OAV: Toshkentning tungi klublari endi tunda ishlamaydi, Aurum 898 esa yopildi
Nega deyarli barcha samolyotlar oq rangga bo‘yaladi?
Toshkentdagi Inha universitetiga 32 yoshli rektor tayinlandi
O‘zbekistonda Qurbon hayiti sanasi ma’lum bo‘ldi
Xaridlar uchun to'lov terminallarida xavfli kamchilik aniqlandi
Shahram G'iyosov navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi ma`lum bo'ldi
Besh soat qoidasi yoki Bill Geyts, Jyek Ma va Ilon Maskning samaradorlik sirlari
Messi «Barselona» tarixidagi eng ko'p sovringa ega futbolchiga aylandi
Ochiq Wi-Fi tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo'yicha 7 maslahat
Xakerdan maslahatlar: Qanday qilib murakkab parolni yaratish va uni osongina eslab qolish mumkin?
Buyuk Xitoy devorining boshi va oxiri
Telefon trubkasini ko'targanda nima uchun “allo” deymiz?
Dizayn” jamoasining litsenziyasi bekor qilindi
Muvaffaqiyatli rahbarlarga xos bo'lgan to'rt sifat
Birinchi xalqaro konferensiyadan Shavkat Mirziyoyevning ko‘ngli to‘lmadi
Odamlarga yoqishingizda yordam beradigan 10ta psixologik maslahat
Xitoylik kishi nabirasi tufayli kuniga 20 soat «Pokemon Go» o‘ynamoqda
Jala tufayli Pekindagi sayyohlik ob’yektlari yopib qo‘yildi
Ka’baning eshigini buzmoqchi bo‘lgan kimsa qo‘lga olindi
Shoygu Germaniyani Rossiya bilan kuch orqali gaplashishdan ogohlantirdi
«Barselona»ning eng asosiy 4 transfer maqsadi ma`lum qilindi
Milliy stadion oldidagi ko‘prik qurilishi qanchaga tushdi?
Respublikada yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshdi
O'zbekiston benzin ishlab chiqarishni ko'paytirdi
Oliy ta`lim to'g'risidagi yangi nizomning tasdiqlanishi kutilyapti
Tramp Kane Uestni maqtadi
Qozog‘istonda 88 ta xorijiy telekanal o‘z ishini to‘xtatdi
«Barselona» yangi sardorni tayinladi
«O'zbektelekom» rahbariyatidagi o'zgarishlar sababi ma`lum bo'ldi