У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda avtomobilni notarial rasmiylashtiruvisiz ijaraga olishi mumkin

calendar 11.02.2018
1378

Endi jismoniy shaxslar, jumladan, chet elliklar ham avtomobilni notarial rasmiylashtiruvisiz va ichki ishlar organlaridan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan 30 kun mobaynida ijaraga olishi mumkin, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Bu haqda davlat rahbarining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Shunday qilib, joriy yil aprel oyidan boshlab ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga qisqa muddatga avtotransport vositalarini ijara(prokat)ga berish tartibi to‘g‘risidagi qoidalarni ishlab chiqish kutilayapti.

Яндекс.Метрика