У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda baza stansiyalari soni 16 500 tani tashkil etdi

calendar 30.06.2016
1262

Butun O‘zbekiston bo‘ylab mobil aloqa operatorlarining 16,5 mingta baza stansiyalari o‘rnatilgan, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tayanib.

So‘nggi o‘n yil ichida mamlakatda mobil aloqa abonentlari soni 7,5 marta o‘sdi. 2016-yil boshida mobil aloqa foydalanuvchilari soni rasman 22,9 millionni tashkil qildi.

O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatlarini Beeline (GSM), Ucell (GSM), UMS (GSM), Uzmobile (GSM va CDMA) va Perfectum Mobile (CDMA) operatorlari taqdim etadi.

Яндекс.Метрика