У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda Bojxona kodeksining yangi tahriri qabul qilindi

calendar 22.01.2016
1111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 20-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi. Qonunning rasmiy matni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida e’lon qilindi. 

Mazkur qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 17-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2015-yil 3-dekabrda ma’qullangan edi.

Qonunga ko‘ra, Bojxona kodeksining yangi tahriri qabul qilindi. Kodeksning yangi tahriri qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach, ya’ni 21-aprel kunidan kuchga kiradi.

Bojxona kodeksining to‘liq matni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plamida e’lon qilinadi.

Shuningdek, 2016-yil 20-yanvarda imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qonun bilan Bojxona kodeksining eski tahriri o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

Shuni qayd etib o‘tamizki, Bojxona kodeksining oldingi tahriri 1997-yil 26-dekabrda qabul qilinib, 1998-yil 1-martdan amalga kiritilgan edi.

 

Яндекс.Метрика