У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda Butunjahon go‘zallik kongressi filiali ochildi

calendar 01.04.2018
1357

2018-yilning fevralida O‘zbekistonda World Beauty Congress (WBC) — Butunjahon go‘zallik kongressi filiali rasman ochildi, deya xabar bermoqda “Nuz.uz”.

16—26-mart kunlari Hindistonda WBC ko‘magida o‘tkaziladigan Miss Supermodel Worldwide 2018 xalqaro an’anaviy tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyo, Afrika, Yevropa, Lotin Amerikasi va Shimoliy Amerikaning 70 ga yaqin mamlakati vakillari ishtirok etdi. Tanlovda O‘zbekiston nomidan P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kollejining 2-kurs o‘quvchisi, 18 yoshli Zarina Andirjanova qatnashib, ikkinchi vitse-miss nomini qo‘lga kiritdi.

Toshkentda 30-mart kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Zarina o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, Toshkentdagi Butunjahon go‘zallik kongressi filiali taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Filial milliy direktori Dmitriy Kan aniqlik kiritishicha, Butunjahon go‘zallik kongressi — bu 2005-yilda tashkil etilgan xalqaro jamoatchilik tashkiloti. Unga a’zo bo‘lgan 70 dan ortiq mamlakatlardan birida o‘tkaziladigan an’anaviy tanlovda har bir mintaqa bo‘yicha va turli yo‘nalishlar bo‘yicha go‘zallik qirolichalari tanlab olinadi.

O‘z ahamiyatiga ko‘ra, WBC “Dunyo go‘zali” (Miss World) va “Koinot go‘zali” (Miss Universe)dan keyingi uchinchi tanlovdir.

Яндекс.Метрика