У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 18 so‘m 27 tiyinga oshdi

calendar 03.10.2016
2272

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 4-oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3028 so‘m 47 tiyin etib belgilandi. Bu 27-sentabrdagi kursga nisbatan 18 so‘m 27 tiyinga ko‘p.

Ma’lumot uchun, AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 2016-yil 5-yanvardan beri birinchi marta 7 so‘mdan ko‘proqqa oshmoqda. Bungacha dollar kursi 2016-yil 5-yanvardan beri har hafta 4—7 so‘m oralig‘ida o‘sib kelayotgan edi.

E’tiborli tomoni, 2015-yilda ham shunga o‘xshash holat kuzatilgan edi: dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi yanvar—sentabr oylari davomida har hafta 4—7 so‘m oralig‘ida o‘sib borgan, oktabr oyidan boshlab esa o‘sish ko‘rsatkichi 14—15 so‘m oralig‘ida bo‘lgan.

2016-yil 4-oktabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3401 so‘m 75 tiyin (27-sentabrdagi kursga nisbatan 22 so‘m 20 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 454 so‘m 15 tiyin (27-sentabrdagi kursga nisbatan 2 so‘m 83 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 47 so‘m 77 tiyin (27-sentabrdagi kursga nisbatan 64 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Яндекс.Метрика