У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 2735 so‘mga yetdi

calendar 23.11.2015
1975

O‘zbekiston Markaziy banki 2015-yil 24-noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatanyangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2735 so‘m 74 tiyin etib belgilandi. Bu 17-noyabrdagi kursga nisbatan 14 so‘m 62 tiyinga yuqori. Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket oydan beri kamida 14 so‘mga qimmatlamoqda. Bungacha kurs 4—6 so‘m atrofida yuqorilab borayotgan edi.

24-noyabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 2931 so‘m 67 tiyin (17-noyabrdagi kursga nisbatan 7 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 42 so‘m 17 tiyin (17-noyabrdagi kursga nisbatan 1 so‘m 33 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Яндекс.Метрика