У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 4 so‘m 85 tiyinga oshdi

calendar 16.05.2016
1000

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 17-maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatanyangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2914 so‘m 10 tiyin etib belgilandi. Bu 11-maydagi kursganisbatan 4 so‘m 85 tiyinga ko‘p.

17-maydan e’tiboran 1 yevro qiymati 3344 so‘m 95 tiyin (11-maydagi kursga nisbatan 3 so‘m 19 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 446 so‘m 54 tiyin (11-maydagi kursga nisbatan 11 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 44 so‘m 88 tiyin (11-maydagi kursga nisbatan 93 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Яндекс.Метрика