У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 11 tiyinga oshdi

calendar 15.08.2016
1274

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 16-avgustdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2975 so‘m 31 tiyin etib belgilandi. Bu 9-avgustdagi kursga nisbatan 5 so‘m 11 tiyinga ko‘p.

16-avgustdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3326 so‘m 16 tiyin (9-avgustdagi kursga nisbatan 2 so‘m 12 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 448 so‘m 20 tiyin (9-avgustdagi kursga nisbatan 1 so‘m 43 tiyin ko‘p), 1 Rossiya rubli esa 46 so‘m 31 tiyin (9-avgustdagi kursga nisbatan 95 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Яндекс.Метрика