У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi qariyb 50 so‘mga oshdi

calendar 20.02.2017
1536

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatiladigan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi 21-fevral, seshanba kunidan boshlab darhol 47,52 so‘mga — 3 309,35 so‘mdan 3 356,87 so‘mgacha ko‘tariladi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar bermoqda.

So‘nggi haftalar davomida (dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi har seshanba kuni o‘zgarib boradi) Amerika valyutasi o‘zbek pul birligiga nisbatan taxminan 15 so‘mdan o‘sib borayotgan edi. “Gazeta.uz”ning qayd etishicha, yil boshi (3 231,48 so‘m)dan beri dollar so‘mga nisbatan 3,88 foizga o‘sdi.

Seshanba kuni yevro so‘mga nisbatan +28,8 so‘mga — 3 571,52 so‘mgacha, Rossiya rubli esa 2 so‘mga — 58,24 so‘mgacha qimmatlashadi.

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatiladigan valyuta kurslari valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun qo‘llaniladi. Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Яндекс.Метрика