У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi

calendar 09.09.2018
3084

O‘zbekistonda mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi. App Anniye ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi Spot.

Jumladan, mamlakatda iOS uchun eng ko‘p yuklab olingan dastur 5 kun ichida reytingda 258-o‘rindan 1-o‘ringa ko‘tarilgan va Telegram’ni quvib o‘tgan VPN Proxy Master bo‘ldi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar deyarli 1000 qatorga ilgarilagan va 12-o‘rindan joy egallagan Best VPN Proxy Betternet, shuningdek, VPN 24: Hotspot VPN for iPhone dasturini ham faol yuklab olmoqda.

Google Play’da esa Protect Free VPN+Data Manager dasturini yuklab olish ko‘paygani qayd etilgan.

O‘zbekistonda VPN’ga qiziqish oshgani 3-sentabrdan boshlangan Facebook va boshqa saytlarga kirishdagi muammolar bilan izohlanmoqda.

Яндекс.Метрика