У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda fonogrammadan foydalanib konsert berganlik uchun soliq joriy etish taklif qilinmoqda

calendar 04.06.2018
808

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida fonogrammadan foydalangan holda konsert berganlik uchun qo‘shimcha 30 foiz soliq joriy etish haqidagi taklif joylashtirildi.

“Fonogramma orqali konsert beruvchilar konsertda jonli ijro eta olmaganligi sababli unda raqslar va bezaklar bilan tomoshabin e’tiborini tortishga urinmoqda. Bu narsa odamlarda, ayniqsa yoshlarda asl san’atdan uzoqlashishga va ma’naviy bo‘shliq yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda”, — deyiladi murojaat matnida.

Muallif gastrol-konsert faoliyati bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslardan (shu jumladan, norezidentlar), ularnijalb etib, ommaviy tadbirlarini tashkil etishdan foyda ko‘radigan yuridik shaxslarning daromadidan qo‘shimcha 30 foiz soliq olish tartibini joriy qilishni taklif etgan.

Hozircha 392 ta ovoz to‘plagan mazkur taklifga talay izohlar qoldirilgan. Ulardan birida soliq miqdorini 50 foizdan 70 foizgacha belgilash lozimligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, yana birida fonogramma ishlatadigan san’atkorlarning “Xalq artisti” va “Xizmat ko‘rsatgan artist” unvonlarini bekor qilish haqidagi fikr ilgari surilgan.

Яндекс.Метрика