У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda ilk bor Ozarbayjon teleseriali namoyish etiladi

calendar 09.01.2018
1782

Joriy yilning 10-yanvaridan boshlab Ozarbayjon kinoustalari tomonidan suratga olingan  «Güneşim ol» teleseriali  «Qalbim quyoshi» nomi bilan «Toshkent» telekanalida efirga uzatiladi.

Telekanal xodimlarining saytimizga bildirishlaricha, bu o‘zbek telekanallarida namoyish etilayotgan ilk Ozarbayjon teleserialidir. Ayni paytga qadar o‘zbek teletomoshabinlariga Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Meksika, Venesuela, Braziliya singari mamlakatlar teleseriallari namoyish etilgan.

Mazkur teleserial Ozarbayjonning ATV telekanali buyurtmasiga asosan, yozuvchi Ilg‘or Fahmiy asari asosida suratga olingan. Teleserialda oilaviy munsabatlar, shahar va qishloq hayoti, yoshlar va katta avlod vakillarining qarashlari, intilishlari o‘z aksini topgan. Dublyajda  Behzod Muhammadkarimov, Sayfulla Ikromov, Gulchehra Nosirova singari taniqli aktyor va aktrisalar ishtirok etishmoqda.

Яндекс.Метрика