У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda internet tezligi oshdi

calendar 04.05.2018
1529

«Speedtest Global Index» ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi internet tezligi aprel oyi hisob-kitoblariga ko‘ra biroz tezlashgan, deb xabar berdi «Spot».

Irlandiyaning «Ookla» kompaniyasiga qarashli «Speedtest.net» internet-servisi oylik «Speedtest Global Index» reytingini e’lon qildi. Unda 2018-yil aprel oyi hisob-kitoblariga ko‘ra, butun dunyodagi simli va simsiz internet tezliklari haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

O‘zbekistonda mobil internet tezligi to‘rt pog‘ona yuqorilagan va hozirda ro‘yxatdan o‘rin olgan 126 davlat orasida 115 o‘rinni egallamoqda (8,93 Mbit/soniya).

Simli internet tezligi bo‘yicha (6,78 Mbit/soniya) esa bir pog‘ona ko‘tarilgan va 128-o‘rinni band etgan (135 davlat orasidan).

2017-yil oxiridagi hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston internet tezligi juda yomon bo‘lgan davlatlar beshtaligiga kirgan edi. O‘shanda mobil internet tezligi 6,47 Mbit/soniyani, simli internet esa 5,81 Mbit/soniyani tashkil etgan.

Mobil internet reytingi bo‘yicha yetakchilik hamon Islandiya egallab turgan bo‘lsa (65,90 Mbit/soniya), simli internet borasida — Cingapur birinchilikda (174,94 Mbit/soniya).

Яндекс.Метрика