У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda mobil gaz to‘ldirish akkumulyator stansiyalari ishlab chiqarilmoqda

calendar 27.08.2018
1034

O‘zbekistonda uzoq qishloqlarni gaz bilan ta’minlash muammosi va avtomobillar gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarining (AGTKS) yo‘qligida avtomobillarni yoqilg‘i ta’minlash uchun qulay sharoit yaratish masalasi to‘la hal bo‘lish arafasida turibdi, deb xabar beradi O‘zbekneftgaz AJ matbuot xizmati.

Mobil gaz to‘ldirish akkumulyator stansiyalari (MGTAS) ishlab chiqarish “Angren” erkin iqtisodiy zonada yo‘lga qo‘yilgan. Shu maqsadda, 2017-yilning oktabr oyida O‘zbekneftgaz AJ Janubiy Koreyaning NK Group kompaniyasi bilan hamkorlikda UNG ENK MOBILE MChJ qo‘shma korxonasini tuzdi.

2018-yilning yanvar oyida Janubiy Koreyadan O‘zbekistonga sinovdan o‘tkazish uchun ikkita mobil gaz to‘ldirish stansiyasi va ikkita gaz to‘ldirish ustuni olib kelindi. Ular Toshkent viloyatida bahorgi dala ishlari vaqtida maxsus qishloq xo‘jalik, yuk va yengil texnikani siqilgan tabiiy gaz bilan to‘ldirishda sinovdan o‘tkazildi. Stansiyalar Pskent tumanida joylashgan A.Dustmetov fermer assotsiatsiyasi hududining o‘zida o‘rnatildi.

“UNG ENK MOBILE MChJ qo‘shma korxonasi mutaxassisi Xurshid Mirzaahmedovning so‘zlariga ko‘ra, har qanday yuridik va jismoniy shaxs MGTASni harid qilishi mumkin. Hozirda, qo‘shma korxona o‘nta shartnoma imzolagan bo‘lib, birinchi buyurtmalarni yetkazish ishlari boshlab yuborilgan. Koreya texnologilari bo‘yicha ishlab chiqariladigan mobil stansiyalar faqat buyurtma asosida ishlab chiqariladi. Shu tufayli, mobil stansiyalarni o‘z vaqtida olishni reja qilgan mijozlar, qo‘shma korxona bilan oldidan buyurtma borasida shartnoma tuzishi zarur.

MGTAS u 30 ta traktorni gaz bilan ta’minlash imkoniga ega. Yoki, texnik xususiyatlari tilida aytganda, TT08-2240CNG modelli gaz to‘ldirish akkumulyator stansiyasi 5 ming 330 metr kub gaz hajmiga ega.

Ushbu mobil stansiyalar siqilgan tabiiy gaz hisoblanmish metanning joylarga yetkazib berilishini ta’minlaydi, hozirda nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa davlatlarda ham aynan shu gazmotor yoqilg‘isi qishloq xo‘jaligi texnikasi va boshqa avtotransportlar uchun ishlatiladi”, — deyiladi xabarda.

Яндекс.Метрика