У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda neft qazib olish kamaydi, gaz va ko‘mir qazib olish ko‘paydi

calendar 11.03.2018
884

O‘zbekiston neft qazib olish hajmi kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yanvar—fevral oylarida mamlakatda 121 ming tonna neft qazib olindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,3 foizga kam (134 ming tonna).

Shu bilan birga, boshqa xomashyo boyliklari qazib olish ko‘paydi. Jumladan, yil boshidan beri 721 ming tonna ko‘mir qazib olindi. Bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 23,1 foizga ko‘p (585,7 ming tonna).

Tabiiy gaz qazib olish 6,5 foizga ko‘paydi (2018-yilda 9 649 kub metr va 2017-yilda 9 058 kub metr).

Gaz kondensati qazib olish ham 21,3 foizga oshdi (2018-yilda 353,8 ming tonna va 2017-yilda 291,7 ming tonna).

Яндекс.Метрика