У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda o‘zboshimchalik bilan qurilgan 1 milliondan ziyod turar joy borligi aniqlandi

calendar 28.04.2018
1152

O‘zbekiston Prezidenti farmoniga asosan o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi e’lon qilingani haqida xabar berilgandi. “Daryo” muxbiri ushbu masala bo‘yicha “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Qo‘mita xodimi Begzod Nishonov bergan ma’lumotlarga qaraganda, farmon doirasida o‘tkazilgan yalpi xatlov respublika hududida 6 millionga yaqin turar joy borligini ko‘rsatgan. Jumladan, 1 milliondan ziyod turar joy o‘zboshimchalik bilan qurilgani aniqlangan. E’lon qilingan aksiya doirasida bu turar joylar egalari tomonidan qonuniylashtirilib olinishi mumkin. Buning uchun:

  • fuqarolar sudlarga da’vo arizalari kiritishlari;
  • eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida jarima puli to‘lashlari lozim.

O‘zboshimchalik bilan o‘zlashtirilgan yer va turar joylarning qolgan qismi davlat tomonidan zaxira yerlariga olib qo‘yiladi. Bu holatda fuqaro hech qanday soliq yoki jarimaga tortilmaydi.

Яндекс.Метрика