У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda ob-havoning keskin sovib ketishi kutilmoqda

calendar 24.01.2018
1802

27—29-yanvar kunlari O‘zbekistonga shimoliy Qozog‘iston orqali g‘arbiy Sibirda shakllangan o‘ta sovuq havo massasi kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

O‘zbekiston hududida me’yordagidan 7-12 daraja past anomal sovuq ob-havo kutilmoqda.

28—29-yanvar kunlari havo harorati kechki payt 11-14, kunduzi 2-5, shimoliy mintaqalarda kechki payt 17-20, kunduzi esa 7-10 darajagacha pasayib ketadi. 

Kutilayotgan sovuqlar avtotransport, aloqa, energetika va kommunal xizmatlar ishini qiyinlashtirishi mumkin. 

Яндекс.Метрика