У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlaridan so‘ng “Obod maktab” loyihasi ishlab chiqiladi

calendar 21.06.2018
803

21-iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligidagi xalq ta’limi tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  Yig‘ilishda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova ham ishtirok etdi.

Yig‘ilishda, shuningdek Bosh vazir o‘rinbosarlari hamda boshqa vazirliklar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Abdulla Aripovning ta‘kidlashicha, Prezident “Obod maktab” loyihasini ishlab chiqish topshirig‘ini bergan.

Bosh vazir namunali maktab sxemasini ham ishlab chiqish zarurligini aytib o‘tdi. Qayd etilishicha, hozirda poytaxtdagi aksariyat maktablarda o‘quvchilar uch smenada ta‘lim olmoqda.

“Bu nimadan dalolat beradi? Direktorning maktabda ish faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olganidan dalolat beradi. Ota-ona faqat unga ishonadi va bolalarini shu maktabga beradi. Vaholanki, 500 metr yursangiz, o‘quvchilarni qamrab olish darajasi o‘ta past bo‘lgan maktab faoliyat yuritayotganiga guvoh bo‘lasiz”, — deydi Abdulla Aripov.

Bosh vazir misol tariqasida Yunusobod tumanidagi 248-maktabda ta’lim berish sifati yuqori bo‘lgani bois, ushbu ta’lim muassasasi uchta smenada faoliyat yuritishini aytib o‘tdi.

Shuningdek, maktablarning hududidagi yer uchastkalaridan unumli foydalanish xususida so‘z yuritildi.

“Ayrim maktab direktorlari maktabga tegishli yer maydonini tadbirkorlik subyektlariga ijaraga bergan. Ayrimlar hatto maktabning yerini fuqarolarga uy qurishi uchun sotib yuborgan.

Bunday yer maydonlardan unumli foydalansa bo‘ladi. Masalan, daraxt ekish mumkin. Har bir o‘quvchi bittadan daraxt ekib, vaqti-vaqti bilan suv quyib tursa, ertaga uni sotish, mablag‘ni maktab fondiga jalb etish mumkin. Bu bilan men majburiy mehnatni targ‘ib qilmoqchi emasman. Aytmoqchi bo‘lganim, maktab — har bir o‘quvchining uyi. Maktab hududini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish majburiy mehnat sifatida qaralmasligi kerak”, — deydi Abdulla Aripov.

Яндекс.Метрика