У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshirildi

calendar 27.04.2016
1824

O‘zbekistonda pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshirildi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasiga Prezident tomonidan 25-aprel kuni imzolangan qonun orqali tuzatishlar kiritildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Endi pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasporti bo‘lgan, xuddi shuningdek vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashab turgan fuqarolar, bundan tashqari, pasportni ataylab ishdan chiqargan, unga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lgan fuqarolar eng kam ish haqining uch baravari miqdoridagi jarimaga tortiladi (avval — eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha edi). Ushbu qonunbuzarlik yil davomida ma’muriy chora qo‘llanilganidan so‘ng qayta takrorlansa, eng kam ish haqining besh baravaridagi jarima solinadi.

Fuqarolarning yo‘qolganligi to‘g‘risida o‘zlari ariza bergan o‘z pasportlaridan, shuningdek boshqa fuqarolarga tegishli bo‘lgan pasportlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanishi — eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Pasportsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan pasport bilan fuqarolarni, xuddi shuningdek vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobda turmasdan yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Fuqarolardan pasportlarini qonunga xilof ravishda olib qo‘yish yoki pasportlarni garovga olish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi

Яндекс.Метрика