У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda paxta yig‘im-terimiga taraddud ko‘rilmoqda

calendar 02.09.2016
2585

O‘zbekiston dalalarida iqlim sharoitiga mos serhosil navlar tanlanib, g‘o‘za parvarishiga oid agrotexnik tadbirlar sifatli o‘tkazilgani natijasida mo‘ljaldagidan yuqori hosil to‘plandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, tizimda paxta xomashyosini qabul qilishdan boshlab, uni qayta ishlash, saqlash va sotishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida elektron hisobot va nazorat tizimini yaratish va joriy qilishga alohida e’tibor berilmoqda.

Xususan, “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi paxta tozalash korxonalari va tayyorlov maskanlarida fermer xo‘jaliklaridan keltirilayotgan paxta xomashyosini to‘g‘ri va tezkor o‘lchash, sifatli tekshirish hamda qabul qilish maqsadida 480 dan ortiq zamonaviy elektron tarozi o‘rnatildi.

Kompaniya fermerlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida tumanlardagi paxta tozalash korxonalari huzurida monitoring markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Mazkur markazlar fermer xo‘jaliklari, ta’minotchi, tayyorlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, soliq idoralari hamda paxta tozalash korxonalari o‘rtasidagi hisob-kitob va to‘lov tizimini soddalashtirish, paxta va g‘alla maydonlarida belgilangan agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli bajarilishini nazorat qilishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, u agrotexnik tadbirlar uchun ajratilayotgan moddiy resurslar, xususan, yoqilg‘i-moylash materiallari, kimyoviy o‘g‘itlardan oqilona foydalanishni ta’minlashda ko‘maklashadi.

Ayni vaqtda 2016-yilda paxta yetishtirish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari va tayyorlovchi korxonalarning kontraktatsiya shartnomalari, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar o‘rtasida tuzilgan shartnomalar monitoring markazlarida ro‘yxatdan o‘tkazilib, to‘lovlar va hisob-kitoblar amalga oshirilmoqda.

Яндекс.Метрика