O‘zbekistonda paydo bo‘layotgan totalizator fojiasi

Hozirgi paytda internetsiz kunimizni tasavvur qilish qiyin. Bu tabiiy, bir kun internet ishlatmang, o‘zingizni zamondan orqada qolganday his etasiz. Ayniqsa, yoshlar internetda soatlab o‘yin o‘ynamoqda. Aholi orasida aynan internetdagi totalizator o‘yiniga qiziqish ortayotganini gap-so‘zlardan ham anglash oson.

Totalizator o‘zi nima? U fransuzcha «totalisateur» so‘zidan olingan bo‘lib, hisoblash, yakunlash ma’nolarni birdiradi. Oddiy aytganda, totalizator bu – mo‘maygina pul yutib olish maqsadida bukmeykerlik kompaniyasiga pul tikish deganidir. Ya’ni biror-bir bukmeykerlik kompaniyasida ro‘yxatdan o‘tasiz. O‘yin stavkalarini tashkil qiluvchi platforma hisob raqamiga pul tashlaysiz.

Unda istagan odam biror-bir sport o‘yini voqealari, natijalarini oldindan taxmin qiladi va shu taxmin uchun pul tikadi. Yutuq miqdori taxmin bilan natijaning qanchalik to‘g‘ri kelishiga bog‘liq. Sizning taxminingiz to‘g‘ri chiqsa, sizga yutuq chiqadi. Ustama pul ham berilishi mumkin. Agar taxminingiz o‘zini oqlamasa, siz tikkan pul kuyadi.

Masalan, futbol o‘yinini oladigan bo‘lsak. Bilamizki, ikki mashhur jamoa to‘qnashuvi oldidan o‘yin haqidagi bahs-munozaralar, fikr-mulohazalar, taxminiy hisobni aytish kabi jarayonlar kechadi. Uchrashuv maydoni, jamoalar qanday tarkibda maydonga tushishi va hattoki, uchrashuv hakamini ham taxmin qiluvchilar ko‘payadi. Lekin taxmin qanchalik o‘zini oqlaydi? O‘yinda hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Yaqinda bir voqeani eshitib qoldim. Totalizator o‘yiniga mukkasidan ketgan xorijlik bir yigit Angliya chempionatidagi ikki nomdor jamoaning o‘yinini qaysi hakam boshqarishini taxmin qilib, taxminga bor pullarini tikadi. Hattoki hovlisini ham sotib, pullarini shunga tikadi. O‘yin boshlangach, maydonga o‘yinchilarni u taxmin qilgan hakam emas, boshqa hakam olib chiqadi. Endi yigitning ahvolini tasavvur qilavering.

Tarixga nazar tashlasak, Yevropada dastlab otlar poygasiga pul tikish boshlangan. Lekin bugungi kunga kelib, deyarli barcha sport turlarida totalizator o‘ynaladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, totalizator o‘yini qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar tarkibiga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 16 avgustdagi «Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasining «Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazishni tartibga solish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq, mamlakatimizda bunday o‘yinlarni o‘ynash taqiqlangan.

Bizda bu tomondan taqiq bor, lekin internetdan foydalanish uchun cheklov yoki taqiq yo‘q. Demak, istagan odam internet orqali bu o‘yinni o‘ynashi mumkin. Achinarlisi, hozirgi kunda bundaylar soni ko‘payib bormoqda. Oson pul topishning nimasi yomon dersiz. Bor-budingizdan osongina ayrilsangiz nima qilasiz? Totalizatorga pullarimni qaytarib bering, deb aytasizmi? Buning orqasidan qancha odam manfaatdor ekanidan xabaringiz yo‘q. To‘g‘ri, ikki-uch marta taxminingiz to‘g‘ri chiqar, ammo ko‘za kunda emas, kunida sinadi.

Avvallari e’tibor bermas edim, ammo ko‘pchilik zamonaviy telefon ishlatadigan tanishlarim ko‘pdan beri rus kanallari tomonidan reklama qilinadigan totalizator kompaniyalari orqali zamonaviy qimorga aralashib qolishgan. Ular o‘yinning har bir detali uchun pul tikishmoqda. Oldin kichik miqdordagi pul tikiladi. Bora-bora summa ko‘payadi, qiziqish ortadi. Shunday bo‘ladiki, bir kun kelib boridan ayriladi.

Misol uchun, bir tanishimning so‘zlariga ko‘ra, uning xorazmlik kursdoshi totalizator o‘yiniga mukkasidan ketgan. Uyidan jo‘natilgan shartnoma pulini o‘qishiga to‘lamasdan, (taxminan 7,5 million) elektron pulga almashtirgan va hammasini bitta o‘yinga tikkan. Taxmini noto‘g‘ri chiqqan va hamma puli kuygan. Tabiiyki, shartnoma pulini vaqtida to‘lamagan. Natijada bir yilga o‘qishdan akademik ta’til olishga majbur bo‘lgan. Bunaqa hodisalar ko‘p uchramoqda. Ba’zilar birovdan 10 kun ichida 20 foiz ortig‘i bilan qaytarish sharti bilan qarz olib, hamma pulini totalizatorda yutqazmoqda.

Zamonaviy qimor o‘yini tobora yoshlarimiz ongini zaharlamoqda. O‘zingiz xulosa chiqaring. Siz katta tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinini ma’qul ko‘rasizmi?!

Nurillo Nasriyev, O‘zA


Комментарии (1) | Добавить: 04.03.2018
1. shodbek (04.03.2018 22:26)
o‘ynamaslikni tavsiya qilaman
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi