У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda Qurbon Hayiti 12-sentabr kuni nishonlanadi

calendar 09.09.2016
1332

O‘zbekistonda 12-sentabr — Qurbon Hayiti nishonlanadigan kun dam olish kuni deb e’lon qilindi. O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev bu haqdagi qarorni 9-sentabr kuni imzoladi. Qaror matni O‘zA tomonidan e’lon qilingan.

“O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon Hayitining birinchi kuni 12-sentabr (dushanba) kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2016-yil 12-sentabr mamlakatimizda dam olish kuni deb belgilansin va bayram sifatida keng nishonlansin”, — deyiladi hujjatda.

Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish haqida ko‘rsatma berilgan.

Яндекс.Метрика