У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda Qurbon hayiti keng nishonlanmoqda

calendar 24.09.2015
1242

O‘zbekiston Prezidentining 2015-yil 18-sentabrdagi "Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xayr-saxovat, o‘zaro yordam kabi ezgu amallar bajariladigan ayyomni munosib o‘tkazish uchun barcha chora-tadbirlar ko‘rildi.

Tegishli idora va tashkilotlar tomonidan tinchlik-osoyishtalikni saqlash, hayit namozi o‘qiladigan masjidlarda jamoat tartibini, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan holda aholiga transport xizmati ko‘rsatish tadbirlari amalga oshirildi.

Respublika "Mahalla” xayriya jamoat fondidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatdagi barcha mahallalarda ushbu xayru saxovat, mehr-oqibat, shukronalik ayyomini bayramona kayfiyatda kutib olish va o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi. Bayram arafasida "Nuroniy” jamg‘armasi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa tashkilotlar hamkorligida Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylariga homiylik yordamlari ko‘rsatildi. Yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, bemorlar holidan xabar olinib, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlandi.

Яндекс.Метрика