У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda Qurilish vazirligi tashkil etildi

calendar 02.04.2018
1025

“Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

Farmon bilan:

- Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida Qurilish vazirligi;

- Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi hamda Ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bazasida Qurilish vazirligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;

- Qurilishda standartlashtirish va sertifikatlash respublika markazi Qurilishda standartlashtirish respublika markazi etib qayta tashkil qilindi.

Quyidagilar tugatildi:

- Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi;

- Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Shaharsozlik faoliyatini axborot bilan ta’minlash markazi;

- Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzuridagi Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga 2018-yil 1-iyulga qadar muddatda akkreditatsiya mexanizmini joriy etish orqali qurilish sohasida texnik nazoratga oid davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi yuklandi.

Яндекс.Метрика