У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda robot-politsiyachilar paydo bo‘lishi mumkin

calendar 21.08.2018
878

O‘zbekistonda Rossiyaning Promobot kompaniyasining robot-politsiyachilari ish boshlashi mumkin, deb yozadi Spot.

2018-yilning iyulida robot-politsiyachi Qozog‘iston ichki ishlar departamentida ish boshladi.

“Biz ushbu loyihani boshqa mamlakatlarga ham kengaytirmoqchimiz. O‘zbekiston va Yaqin Sharqdan qator so‘rovlar kelib tushgan. Balki robot-politsiyachilar Osiyoda ham paydo bo‘lar, chunki Janubiy Koreyadan ham robotlarga qiziqish bildirilgan”, — deydi Oleg Kivokursev.

Robotning asosiy vazifasi xavf paydo bo‘lgan taqdirda huquq-tartibot organlari xodimlarini ogoh etish hisoblanadi.

“Robot hududda kuniga 24 soat mobaynida patrullik qilishi, videotasvirga olishi, politsiyada hisobda turuvchi jinoyatchilar bazasiga asoslanib, yuzni tanishi mumkin. U, shuningdek “terrorizm”, “bomba” kabi so‘zlarga munosabat bildira oladi”, — deydi Oleg Kivokursev.

Promobot kompaniyasi 2015-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda kompaniya ishlab chiqargan robotlar dunyoning 25 ta mamlakatiga yetkazib beriladi.

Яндекс.Метрика