У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda Rossiyaning onlayn ivi kinoteatri ochildi

calendar 03.11.2015
1322


O‘zbekistonda ajoyib sifatga ega bo‘lgan dunyoning eng yaxshi filmlar va seriallarining rus tilidagi ulkan kutubxonasidan tekin va reklamasiz foydalanish imkonini beruvchi servis paydo bo‘ldi.

Ivi’da foydalanuvchilar O‘zbekistonga hali kirib kelmagan dunyoning yetakchi studiyalari filmlarini topishi mumkin. Uni internetga chiqish mumkin bo‘lgan barcha qurilmalar: kompyuterlar, mobil telefonlar, planshetlar va Smart TV’larda tomosha qilish mumkin.

Ivi’da barcha yosh va didga mos keluvchi bir necha o‘n minglab filmlar: Gollivudning eng yangi va eng yaxshi blokbasterlari, minglab multfilm va dasturlar, klassik xitlar, shuningdek, O‘zbekiston kinoteatrlarida namoyish etilmagan filmlarni topish mumkin.

"Kinoprokat yangiliklari ularning kinoteatrlardagi premyerasidan 2—4 haftadan so‘ng servisda paydo bo‘ladi”, — deyiladi kompaniya press-relizida. 
Яндекс.Метрика