O‘zbekistonda ta’limga davlat budjetidan katta mablag‘ ajratilmoqda. Unda nega ta’lim sifati past, sohada muammolar ko‘p?

O‘zbekistonda har yili ta’lim sohasiga davlat budjeti mablag‘ining 35 foizga yaqin qismi yo‘naltiriladi. Ta’lim va tibbiyot muassasalari bo‘yicha tashkil etilgan maqsadli jamg‘arma mablag‘larini ham inobatga olsa, bu ko‘rsatkich yanada ortadi. Xo‘sh, bu ko‘pmi yoki oz, undan qanday samarali foydalanish mumkin, boshqa davlatlarda ahvol qanday? Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdurashid Abduqodirov bu boradagi fikrlarini “Daryo” bilan o‘rtoqlashdi.

O‘rganishlardan ma’lum bo‘ldiki, ko‘plab rivojlangan davlatlarda ta’lim sohasiga davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘ning ulushi bizdagi ko‘rsatkichdan bir necha, hatto o‘n barobarga yaqin foizga kamroq ulushni tashkil etadi. Biroq, ushbu davlatlarda ta’lim sifati bizdagidan ancha yuqori hamda muammolari ham kamroq.

O‘zbekiston ta’lim sohasiga ajratayotgan budjet mablag‘lari ulushi yuqoriligi bo‘yicha birinchi o‘ntalikda tursa, u holda nima uchun bizda ta’lim sifati yuqori emas, nima uchun ta’lim tizimida muammolar ko‘p degan mantiqiy savol tug‘iladi.

Gap shundaki, so‘ngi 65 yil davomida O‘zbekiston aholisining soni 4,5 barobarga ko‘paygan (aksariyat Yevropa davlatlari aholisi esa bu davrda atigi 20-40 foizga oshgan xolos, ayrim davlatlar aholisining soni umuman o‘zgarmagan ham). Ikkinchidan, majburiy bepul ta’lim bilan qamrab olingan talaba-o‘quvchilarning jami aholi soniga nisbatan ulushi rivojlangan davlatlarda 7-10 foizni tashkil etgani holda, bizda 21-22 foizni tashkil etadi (masalan, Rossiyada 2016-yildagi o‘quvchilarning jami aholiga nisbatan ulushi 10 foizga yaqinni tashkil etdi).

Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan davlatlarda sohada xususiy sektor ulushi 20-40 foizni tashkil etsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich atigi 0,3 foizdan iborat! Bundan tashqari, maktab avtobuslari kabi xizmatlarning umuman yo‘qligi maktablarga o‘quvchilarning, ayniqsa noqulay ob-havo sharoitlarida qatnashlarida qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Mingdan ortiq maktablar jami 100-180 nafar o‘quvchi o‘qiyotgani holda faoliyat olib borishga majbur.

Bunday maktablarning bitta sinfida o‘rtacha 8 dan 20 nafargacha o‘quvchi o‘qigani holda asosan markazlarga yaqin maktablarda esa bitta sinfda hatto 48-50 nafargacha o‘quvchilar ta’lim olmoqda. Ikki smenali maktablardagi dars mashg‘ulotlarining kechki soat 19:00 ga yaqin tugayotganligi esa, ayniqsa, o‘quvchilar uchun qator nuqulayliklar tug‘dirmoqda.

Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini tashkil etishda sarflanayotgan mablag‘larining iqtisodiy samaradorligiga erishishga harakat qilinadi. Jumladan, o‘quv yilining boshlanishi va ta’til kunlari ta’lim maqsadidan, tashkiliy masalalar hamda iqlim sharoitidan kelib chiqib belgilanadi. Xuddi shu qoidalar o‘quv soatlarining davomiyligiga ham ta’sir qiladi. Shuningdek, bu davlatlarda ota-onalar badali hisobiga maktab avtobuslarining joriy etilganligi o‘quvchilarga qulaylik yaratish bilan birga, maktablarning kam sondagi o‘quvchilar bilan faoliyat olib borishini oldini olishga ham xizmat qilgan.

Ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni faqat davlat budjet mablag‘lari ulushining oshirish hisobiga hal etish boshqa muhim ijtimoiy sohalarga ajratilayotgan mablag‘ ulushlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa boshqa sohalarda yana yangi muammolarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun eng to‘g‘ri yo‘l ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan mablag‘larining iqtisodiy samaradorligini oshirish, bunda ichki imkoniyatlar, mavjud shart-sharoitlardan imkon qadar to‘g‘ri va samarali foydalanish, sohadagi xususiy sektorning muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlash zarur.

Bundan tashqari, xorijiy tajribadan foydalanish, ta’lim oluvchilarga transport tizimini zarur aholi vakillari uchun bepul asosda faoliyat ko‘rsatish sharti bilan yo‘lga qo‘yish ham milliardlab mablag‘larni tejalishi hamda yangi ish o‘rinlari paydo bo‘lishiga olib keladi.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilayotgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda, jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan ta’lim tizimiga oid, jumladan, o‘quv yili boshlanishi va tugashi, ta’til muddatlarining, dars mashg‘ulotlarining davomiyligini o‘zgartirishbo‘yicha tayyorlangan takliflar yuqoridagi kabi mulohazalardan kelib chiqib tayyorlangan.

Respublikadagi 5,5 millionga yaqin o‘quvchining 2,5 millionga yaqini boshlang‘ich sinflarda, jumladan, 1-sinfda 630 mingdan ziyod o‘quvchi o‘qimoqda. Ularning yarmi qishloq hududlariga to‘g‘ri keladi. Ko‘plab qishloq hududlaridagi ichki yo‘llarning holati mutlaqo talabga javob bermaydi, transport xizmati ham yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Asosan ko‘mir bilan isitishga moslashgan qishloq maktablariga berilayotgan ko‘mir sifati va miqdori ham binolarning talab darajasida isitilishiga yo‘l bermaydi.

Ana shunday ichki yo‘llardan 2-3 kilometr masofadan yaxshi isitilmagan (sinf xonasidagi harorat 10 darajadan ham past bo‘lgan holatlarni ham uchratganman) maktablarga qish mavsumida millionlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilari piyoda qatnab o‘qimoqda.

Agar bir yilda atigi 2,5-4 foiz ichki yo‘llar ta’mirlanib qurilayotganligi, qishloq hududlarida ham sifatli transport xizmatini tashkil etish hamda minglab maktablarni talab darajasida isitilishi, yoritilishi uchun, aynan yuqumli kasalliklar ko‘p tarqaladigan qishki mavsumda o‘quvchilarining salomatligini saqlash, tiklash uchun trillionlab so‘m mablag‘ hamda bir necha yil talab etiladi.

Umuman, ta’lim sohasida katta mablag‘lar talab etiladigan ko‘plab muammolarning mavjudligidan, shuningdek, qish mavsumida, isiqlik va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj, talab har doim yuqori bo‘lishidan hamda tejaladigan 20-30 milliard so‘m mablag‘lardan ta’lim sohasidagi boshqa dolzarb masalalarni hal etishda foydalanishni nazarda tutib, ushbu takliflar tayyorlangan.

Qayd etish joizki, ta’lim sifati, maktablarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash, o‘qituvchilarning faoliyati samardorligini oshirish hamda ularning jamiyatdagi mavqe-maqomini kuchaytirish, ta’lim tizimidagi noqonuniy holatlarni oldini olish va ularga barham berish, ota-onalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki va mas’uliyatini kuchaytirish kabi bir qator masalalarga oid 20 ga yaqin taklif ishlab chiqilmoqda.


Комментарии (0) | Добавить: 21.04.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Prokuratura xodimlariga imtiyozli avtokredit ajratiladi
«YouTube»dagi siz bilmagan 8 funksiya
«Spark» jahon bozorini tark etadimi?
Ixtiyoriy-majburiy hashar taqiqlanadi!
Shavkat Mirziyoyev Andijondagi harbiy qismga tashrif buyurdi
Farg‘onada MIB ijrochisi hayotiga suiqasd qilindi
Mirziyoyev Andijonda banan yetishtiriluvchi issiqxonani kirib ko'rdi
Endi STIRni DXMdan olish mumkin
“Nima qilishga ham hayronman”. Sitora Farmonova “O‘zbekkonsert” qaroriga munosabat bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi
Turgan holatda ishlaydiganlar sog'lig'ini saqlab qola oladimi?
«Instagram» repost funksiyasini ishga tushirdi
Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi yakunlandi. Nimalarga erishildi?
O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lash tartibi belgilanadi
Shahzoda va Lola 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga atab duet kuyladi
Buyuk Britaniyada maktab o‘quvchilariga imtihonda qo‘l soat taqish taqiqlandi
Rossiyada ilk qirg'iz qishlog'i paydo bo'ldi
AQShlik maosh oluvchi echki
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson O‘zbekistonga kelishi mumkin
2,4 mln bolaning hayotini saqlab qolgan “oltin qo'lli” donor oxirgi marta qon topshirdi
Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiyaga rahbar tayinlandi
Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo'ydi
Bokuda xalqaro savdo porti ochildi
Ro'za tutish qoidalarini bilasizmi?
Google va Facebook O'zbekistonda ish boshlashi uchun shartlarini ma`lum qildi
Sayyoramizdagi sovuqqa eng bardoshli insonlar aniqlandi
“O'zagroeksport” sarimsoq piyozning xarid narxini e`lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashdi
“Mening fikrim” portalida Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston Qahramoni unvonini berish taklif qilindi
Kambag‘allikka sabab bo‘luvchi amallar