У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda tamaki mahsulotlari narxi 50 foizga oshadi

calendar 27.04.2018
1502

O‘zbekistonda 2018-yil uchun budjet e’lon qilindi. Unda mahalliy budjetlarning daromad qismi nima hisobiga to‘ldirilishi ko‘rsatilgan, deb yozadi Sputnik.

Mahalliy budjetlarning daromad qismini mustahkamlash bo‘yicha moliyaviy manbalar sifatida maydoni bir gektardan ortiq bo‘lgan yer uchastkalarga yer solig‘i joriy etiladi.

Alkogol mahsulotlarga — 10 foizdan 27 foizga, tamaki mahsulotlari — 50 foizga va pivo — 20 foizga soliqlar ko‘paydi.

Soliq solinadigan bazaning ko‘payishini hisobga olgan holda soliq stavkasi 1,7 foizdan 0,2 foizga kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Hududlarning ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda koeffitsiyentlarni kamaytirish mumkin. Masalan, Xorazm viloyatida joylashgan uy uchun mulk solig‘i Toshkent shahriga nisbatan 2 baravar kamroq bo‘ladi.

Яндекс.Метрика