У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda

calendar 20.08.2016
1419

O‘zbekistonda Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-avgustdagi farmoyishi asosida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

20—21 avgust — hashar kunlari turar joy dahalari va mahallalarda gul ekish, daraxtlarni butalash, ko‘chalar, yo‘laklarni tartibga keltirish, qurilish va maishiy chiqindilarni olib chiqish, aholi punktlari, ko‘p qavatli bino va hovlilar atrofi, guzar, xiyobon, ziyoratgohlar, qabristonlar, ariq va lotoklar, shuningdek, bolalar maydonchalarini tartibga keltirish ishlari bajariladi.

Keksa va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalarning uy-joy sharoitini yaxshilashga ko‘maklashilmoqda. Bu xayrli yumushlarda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, korxona va tashkilotlar xodimlari, keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda.

Hashar davomida mamlakatning turli hududlarida yangi mahalla guzarlari, maishiy savdo va servis shoxobchalari, oilaviy poliklinikalar, ta’lim muassasalari, bolalar maydonchalari, qishloq vrachlik punktlari va boshqa o‘nlab obyektlar foydalanishga topshiriladi.

Яндекс.Метрика