У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lash tartibi belgilanadi

calendar 18.05.2018
876

O‘zbekiston hududida elektron pullar muomalasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat 2019-yil 1-yanvargacha tayyorlanadi, deb yozadi Spot.

Bu “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ilovada ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, elektron tijorat oldi-sotdilarida elektron pullar, shu jumladan, xorijiy elektron hamyonlar bilan to‘lovlar o‘tkazish tartibi belgilanadi.

Bunga mas’ul etib Markaziy bank, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqa manfaatdor idoralar tayinlandi.

Яндекс.Метрика